Kitob asl ekanini qanday tekshirish mumkin?
Nuur kitoblarini boshqalar ham sotishi mumkin — bunga rozimiz. Muhimi, matn o'zgarmagan bo'lsin. Uni uch qadamda tekshirasiz.
Nuur kitoblarini boshqa do'konlar va sotuvchilar ham sotishi mumkin, bunga rozimiz. Muhimi bitta: kitobdagi matn asl nusxadagidek bo'lsin. Shuning uchun har bir kitobimizning asl matni saytda bepul PDF holida turadi.
Uch qadam
- Asl PDF’ni oching: kitoblar javonidan kitobingizni toping va bepul PDF’ni yuklab oling.
- Bir necha betni solishtiring: birinchi bet, o‘rtadagi bir bet va oxirgi betni qo‘lingizdagi kitob bilan yonma-yon o‘qing.
- Farq bo‘lsa, xabar bering: o‘zgargan sahifaning rasmini @nuur_tarjimonlaribot botiga yuboring.
Nega bu muhim?
Bolalar kitobidagi har bir so'z tahrirdan o'tadi: ma'no, imlo va din bo'yicha. Matn o'zgarsa, xato kirib qolishi mumkin. Xabaringizni tekshirib, kerak bo'lsa boshqa ota-onalarni ham ogohlantiramiz.