Bu nashriyotning rasmiy sayti emas: namuna sayt, Akbarov Labs tayyorlagan.

Nuur’ning sayti ochildi

Endi Nuur’ning Telegram kanalidan tashqari doimiy uyi bor: kitoblar javoni, bepul kutubxona, asl matnni solishtirish, jamoa va Nuur vaqfi.

Assalomu alaykum! NUUR bolalar nashriyoti endi o'z saytiga ega, Alhamdulillah. Kanalimiz @nuur_uz avvalgidek asosiy yangiliklar joyi bo'lib qoladi, sayt esa hamma narsani bir joyga jamlaydi.

Saytda nimalar bor

  • Kitoblar javoni: har bir kitobning yosh oralig‘i, formati va bepul PDF’i.
  • Asl matn bilan solishtirish: boshqa sotuvchidan olingan kitobni asl PDF bilan tekshirish.
  • Bolalar burchagi: har hafta qissadan bitta savol.
  • Jamoa: ko‘ngilli bo‘lish uchun rollar va ariza.
  • Nuur vaqfi: davomli sadaqa sifatida kitoblarni qo‘llab-quvvatlash (tez orada, inshaAlloh).

Sayt lotin va kirill yozuvida o'qiladi: yuqoridagi “Кирилл” tugmasini bosing.

#yangiliklar